
2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni
- By Арман --
- Monday, 28 Mar, 2022
Bolalar va o'smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People - IBBY) tashabbusi bilan 1967-yildan buyon har yili 2-aprelda Xans Kristian Andersenning tug'ilgan kunida bolalarda kitob o'qishga mehr uyg'otish va e'tiborni jalb qilish maqsadida Xalqaro bolalar kitobi kuni nishonlanadi. Ma'lumot uchun: IBBY 1953-yLlda Tsyurixda (Shveytsariya) YUNESKOning Bolalar va o'smirlar adabiyoti bo'yicha xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan. IBBY Nizomiga muvofiq har bir davlatda Milliy sho'ba tashkil etilishi mumkin, uning asosiy maqsadi bolalar va yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga ko'maklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat. 2022-yil yanvar oyidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, O'zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida IBBYda O'zbekiston Respublikasining Milliy sho'basi tashkil etildi. IBBY Milliy sho'balari Xalqaro bolalar kitobi kunining xalqaro tashkilotchisi (homiysi) bo'lish imkoniyatiga ega. Tashkilotchi Davlat - IBBY ijroiya qo'mitasi tomonidan tanlov asosida aniqlanadi. Tashkilotchi mavzuni belgilash, butun dunyo bolalariga Xabar yozish uchun mezbon mamlakatning taniqli muallifini va maxsus afishani loyihalash uchun taniqli rassomni taklif qilish huquqiga ega bo'ladi. Ushbu materiallar kitob va kitobxonlikni targ'ib qilish uchun foydalaniladi. 2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni tashkilotchisi - IBBY Canada Milliy sho'basi hisoblanadi. Canada Milliy sho'basi 1960-yilda tashkil etilgan. Kotibiyat Torontoda joylashgan. Sho'ba raisi - Patti Mclntosh xonim. 2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni afishasi2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni afishasi muallifi - shimoliy amerikalik rassom Julie Flett. Xabar muallifi - kanadalik yozuvchi Richard Van Kamp.
|
Julie Flett Julie Flett - shimoliy amerikalik bo'lib, Kri va Metis xalqlaridani kelib chiqqan, o'z |
![]() |
Uning faoliyati haqidagi sharhlar muntazam ravishda "New York Times", "Globe and Mail" и "Publishers Weekly" kabi nashrlarda chop etiladi. O'n ikkita kitob,jumladan, Richard Van Campning "Kichkina sen" ("Little You") kitobi Kanadada so'nggi 35 yil ichida nashr etilgan boshqa kitoblar qatori 2019 va 2021 yillarda amerikalik halqlarning rasmli kitoblari to'plamiga (toplam loyihasi IBBY Canada tomonidan boshqarilgan) kiritilgan.
Richard Van Kemp (Richard Van Camp) Richard Van Kemp - Tlicho hind Julie Flett esa uning finalchi nomzodi edi. 2015-yilda Richard "Kichik sen" bolalar |
![]() |
ko'rpachasi" (Portage & Main Press) grafik romani Eysner mukofotiga nomzod
bo'lgan. 2021-yilda "Mokkasin maydoni bog'lari" ("Moccasin Square Gardens"- Fort
Smitdagi raqs zalining mahalliy nomi) kitobi uchun millat xalq bolalari adabiyoti
yo'nalishida CODE Burt mukofoti bilan taqdirlandi.
Richardning Jorj Litlchild tomonidan tasvirlangan ikkita bolalar kitobi amerikalik halqlarning rasmli kitoblari to'plamiga kiritilgan: "A Man Called Raven" ("Qarg'a deb atalgan odam") and "What is the Most Beautiful Thing You Know About Horses?" ("Otlar haqida siz bilgan eng go'zal narsa nima?").
Shuningdek, to'plamga Richardning Juli Flett tomonidan tasvirlangan ikkita bolalar kitobi kiritilgan.: "Welcome Song for Baby: A Lullaby for Newborns" ("Chaqaloq uchun xush kelibsiz qo'shig'i: Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun beshik") and "Little You" ("Kichkina sen").
2022 yilgi xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan jahon bolalariga murojaat:
«Hikoyalar, ertaklar qanot yozsa qanday soz, Ular bergan zavq ila yuraklar qilar parvoz!»
Mutolaa - bи erkinlik. Mutolaa - bu nafas olmoqlikdir.
Mutolaa zavqi, ya'ni kitob o'qish istagi Seni dunyoga boshqacha ko'z bilan qarashga o'rgatadi. Seni yangi va yangi olamlarga boshlaydi, va Sen bu yangi dunyolarni sira tark eta olmaysan.
Mutolaa qalbingga orzular havasini soladi.
Kitob - bizning do'stimiz, deyishadi, darhiqaqat shunday, u do'stlarning ham eng sadoqatlisidir.
Sen kitob o'qiyotganingda qalbingdagi bor ezguliklar bo'y ko'rsatadi, o'sadi, ulg'ayadi va kamolatga erishadi.
Chindan ham hikoyalar, rivoyatlar - sening qanotingdir. Sen ularning yordamida bepoyon osmonlarda charx urib, o'zingga manzur kitoblar sari talpinasan, kitoblar esa Seni o'z qalbing, yuraging hamda aqling tomon boshlab boradilar.
Hikoyalar, rivoyatlar - bamisoli malhamdir. Ular Seni davolaydi. Ko'ngligga taskin beradi. Seni ilhomlantiradi. Bilimingni oshiradi.
Madomiki shunday ekan, keling barchamiz baralla.
Yashasin, hikoyanavislar, roviylaru baxshilar, o'quvchilar hamda tinglovchilar! - deylik.
Yashasin kitoblar! - deylik. Zero, ular bizlarni davolaydi, dardlardan forig' qiladi. Dunyoni yanada go'zal, yanada mukammal etadi!
Mahsi cho. Katta raxmat.
Muallif: Richard Van Kemp
Ingliz tilidan rus tiliga: Denis Beznosov tarjima qildi
Rus tilidan o'zbek tiliga: Muhiddin Omon tarjima qildi