No icon

Tanısıń taza ádebiyatlar

Garriyet Bicher-Stou (1811-1896) ushbu asarining bosh qahramoni qora tanli Tomning ayanchli taqdiri haqida gapirar ekan, oq tanlilarning habashlarga nisbatan vahshiy, haqoratomuz munosabatini kishini lol qodiradigan darajada tasvirlab beradi. Qullarning inson sifatidagi qadr qimmatini toptash, ulardagi shaxsiyat tushunchasini butkul yoqotish maqsadida oilalar buziladi, bolalar ota-onasidan tortib olinadi va sotib yuboriladi. Ayollarga esa nasl qoldiruvchi va quldorlarga yanada ko'proq foyda keltiruvchi “buyum ” sifatida qaraladi.

 Adiba о’z asarida barcha qiyinchiliklarga qaramay, о’z xalqining eng oliyxislat vafazilatlarini saqlab qolgan birqator ajoyib qora tanli qullar obrazini ham yaratgan. Roman qahramoni Tom tog‘a о’z oilasi bilan quldor Shelbi xonadonida qaram. Tom o'z xo’jayiniga halol xizmat qiladi. U goyatda taqvodor hamda itoatgo'y inson. Habash Jorj Garris esa о z xojayinini yomon ko'radi: uning uchun — iste'dodli ixtirochi uchun qullikda hayot kechirish imkonsiz. Uning xotini Eliza esa о’z farzandi uchun mardona kurashgan ayol. Kichkinagina quvonch va kulgudan ко ‘zlari yonib turadigan Topsi, alam va iztiroblarga to'la Kassi ~ bularning barchasi asardagi eng sara qahramonlardir.

Ushbu asar qahramonlarida biz insoniylik, vijdon, e'tiqod, sabr, sadoqat, o'ziga ishonch kabi fazilatlarni ko'rishimiz mumkin. Shunday fazilatlarni о ‘zida mujassamlashtirgan Tom о 'zi yashayotgan muhitga, afrofida sodir bo'layotgan razilliklarga qaramasdan, o'zining insoniyligini saqlab qolish uchun kuch topa oladi.

“Tom tog'aning kulbasi” asari orqali qora tanli qullarning ayanchli hayoti, kishini larzaga keltiruvchi mudhish taqdiri ilk bor badiiy asarda о‘z aksini topdi. Yozuvchi ushbu romanda qullarning ruhiy ahvoli, ularning yetkazilayotgan jismoniy va ma'naviy zararni, qullar hamda quldorlar о'rtasidagi tengsizlikni yorqin dalillar misolida ifodalab bergan.

Комментарий жазыўшы:

Комментарий (0)